Научная статья: ВАЖНАЯ РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ В МЕДИЦИНЕ
Научная статья: ВАЖНАЯ РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ В МЕДИЦИНЕ
В современном мире английский язык играет важную роль в медицине, открывая новые возможности и перспективы для профессионального роста врачей. Для успешной карьеры в медицине важно иметь хорошие знания английского языка, поскольку это обеспечивает доступ к актуальным исследованиям, международным конференциям и обмену опытом с коллегами из других стран. Изучение медицинского английского можно осуществлять с использованием различных онлайн ресурсов, таких как словари, книги и видеоуроки.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: ВАЖНАЯ РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ В МЕДИЦИНЕ»
ВАЖНАЯ РОЛЬ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ В МЕДИЦИНЕ
XORIJIY TILLARNING TIBBIYOTDAGI MUHIM O’RNI
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Турсунова Мадина Амоновна
Mamlakatimizda o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish tibbiyot muassasalarida hamshiralik ishini xalqaro andozalarga mos tarzda tashkil etish borasida zamonaviy tizim yaratilgan. “O‘zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jixatidan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117 sonli qarori asosida yaratilgan. Ta’lim tizimini isloh qilish, yangilash , o‘qitishning zamonaviy uslublarini tadbiq qilish, o‘quv jarayonini yangilash, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalnishni yo‘lga qo‘yish demakdir. Tibbiy ta’lim chet tili ya’ni ingliz tilini o‘rni va bu yurt ravnaqini oshirishda, tibbiyotni rivojlantirishda ham aynan tilning ahamiyati katta.
Yurtimizda tibbiyot sohasiga yetarli darajada e’tibor berilmoqda. Sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishda yetuk saloxiyatli tibbiyot hodimlari muhim rol o‘ynaydi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilayotgan tibbiy muassasalarining soni kundan kunga ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalar mustaxkamlanib bormoqda. Shu jumladan “Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazida” ham rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilmoqda. Masalan: Turkiya, Germaniya,Yaponiya, Koreya, Hindiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Xitoy shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda yurtimizda tibbiyot sohasiga yetarli darajada e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz barqarorligi tinchligini rivojlanishini taʼminlaydiganlar hozirda yosh kadrlar ko'p qismini tashkil etadi. Ularning sogʻlom kamol topishishini yetuk salohiyatli tibbiyot xodimlarining zimmasida. Shu sababli tibbiyot xodimlari muntazam ravishda izlanishda bõlmogʻi lozim. Qaysi davlat bo‘lmasin, davlatning tibbiyot sohasi, uning qay darajada rivojlanganiligi ko‘rsatuvchi omilidir. Hozirda tibbiyotni rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari mamlakatimizda tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda ikki davlatni aloqasini taminlovchi vosita til hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib ingliz tili barcha davlatni bogʻlovchi til bo'lganligi sababli barcha davlatlarda shuningdek mamlakatimizda ham ta'lim tizimidan chet tili sifatida ingliz tili õrgatilmoqda. Tibbiy xodimlari ish jarayonida turli tibbiy texnologiyalaridan foydalaniladi.
Deyarli barcha texnika tillari ingliz tilida bõlib boshqaruvchidan ingliz tilini bilishni talab qiladi. Chet davlatlarga tibbiy malakani oshirishga boradigan bõlsak õz tilimizda emas aksincha keng qoʻllaniladigan til - ingliz tilida amalga oshiriladi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston hamon ingliz tilini bilish darajasi past bo'lgan davlat bo'lib qoldi. Shuning uchun ham mamlakatda yangi loyihalar va islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada natijalarga erishgan O'zbekiston, nihoyat, rivojlanishning yangi bosqichiga o'tishi mumkin bo'ladi.
O'zbekistonda ham ingliz tili o'qitish metodikasi kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars jarayonida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Xalqaro tajribalar asosida til o'rganishga qo'yilgan aniq talablar orqali (listening - tinglab tushunish), (speaking gapirish), (reading o'qish) va (writing yozish) malakalari shakllantiriladi. Ingliz tili o'qitishda mazkur yondashuvdan biroz ijodiyroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirda tibbiyotni rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari mamlakatimizda keng tadbiq etilmoqda. Tibbiyot xodimlarining chet tillarini bilishi va ularni kerakli joyda ishlata olishida, albatta til katta axamiyatga ega. Tibbiyotda barcha texnika, texnologiya, apparaturalarni boshqarishda ingliz tilini bilish zarurdir. Albatta biz bu maqolada barcha tibbiy atamalarni ingliz tilida qo‘ya olmaymiz. Biz har doim eng dolzarb ma’lumotlarni olish uchun haqiqiy qo‘llanmalardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Hamma uchun umumiy atamashunoslik, tibbiy terminologiya, tibbiyotda professional ingliz tili, hamshiralar uchun ingliz tili, farmasevtika sanoati uchun ingliz tili darsliklaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har bir soha uchun ingliz tili katta ahamiyatga ega bo‘lib, unu o‘rganish va xayotga tadbiq etishda ham muhim.
Mustaqil O‘zbekiston Respubliksida xorijiy tilga, xususan ingliz tiliga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Xorijiy mamlakatlarda tahsil olish va malaka oshirish imkoniyati paydo bo‘lgan ekan, yoshlarimiz o‘zlarining kelgusi faoliyatlarini ona tillarda qanday olib borsalar xorijiy tillarda ham shu darajada ish yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim. O‘rta tibbiyot xodimlariga chet tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatga ega. O‘rta tibbiy xodimlar oddiy so‘zlashish , leksikasini bilishi, tibbiy terminlarni mukammal egallashlari kerak. Chunki ular kelajakdagi ish faoliyatlari davomida uchraydigan chet eldan keltirilgan dori darmonlarga, texnika va texnologiyalarga tibbiy uskunalarga berilgan ko‘rsatmalarni o‘qib, tarjima qila olishlari shart. Yangi keltirilgan tibbiy asboblarga berilgan izoxlarni lug‘at yordamida tarjima qila olish imoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Bundan ko'rinib turibdiki mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlardan keraklicha foydalanishimiz zarur. Bu islohotlarning barchasi mamlakatimizning rivojlanishi uchun biz yosh avlodlini salohiyatli shifokor bõlishimizga qaratilgan.