Biologik ximiya tirik tabiat, aniqrog‘i o‘simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi, organizmlarning turli-tuman o‘sish va rivojlanish bosqichlarida sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar sodir bo‘lish qonuniyatlari, organizmning hayot holati davrida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mexanizmi va ularning biologik va fiziologik ahamiyatini o‘rganadigan fan. O‘rganish obyektiga ko‘ra o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va inson biokimyosi bir-biridan tafovut qiladi. Biologik kimyoni bu yo‘sinda qismlarga ajratish sun’iy albatta, chunki har xil obyektlar va ularda sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar va ularning tarkibi o‘zaro o‘xshash va bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham mikroblar, o‘simlik va hayvonlarda o‘tkazilgan bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari o‘zaro bir-birini to‘ldiradi va boyita boradi
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari»
Tirik organizmlarning kimyoviy asoslari
Buxoro shahar kasb-hunar maktabi biologiya fani o‘qituvchisi
Alloyeva Nafisa
Kalit so‘zlar: Tabiat, o‘simliklar, hayvonot olami, organism, mikroorganizm
Biologik ximiya tirik tabiat, aniqrog‘i o‘simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning kimyoviy tarkibi, organizmlarning turli-tuman o‘sish va rivojlanish bosqichlarida sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar sodir bo‘lish qonuniyatlari, organizmning hayot holati davrida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar mexanizmi va ularning biologik va fiziologik ahamiyatini o‘rganadigan fan. O‘rganish obyektiga ko‘ra o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va inson biokimyosi bir-biridan tafovut qiladi. Biologik kimyoni bu yo‘sinda qismlarga ajratish sun’iy albatta, chunki har xil obyektlar va ularda sodir bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlar va ularning tarkibi o‘zaro o‘xshash va bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham mikroblar, o‘simlik va hayvonlarda o‘tkazilgan bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari o‘zaro bir-birini to‘ldiradi va boyita boradi.
Uning statistik va dinamik yo‘nalishlari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Ammo uning organizmlarni ximiyaviy tarkibini o‘rganadigan statistik va moddalarni o‘zgarishi va bir xildan ikkinchi xilga o‘tishini o‘rganadigan dinamik hamda tirik organizmlarning turli xil hayot holati jarayonining qaysi davrida qanday ximiyaviy moddalar (birikmalar)ning faoliyat ko‘rsatishini o‘rganadigan funksional ximiyaga bo‘lish rasm tusiga kirgan. Ko‘pchilik hollarda oxirgi ilmiy yo‘nalish funksional ximiya maxsus fiziologik ximiya nomi bilan yuritiladi.
Organizmda sodir bo‘ladigan barcha ximiyaviy reaksiyalar majmuini tashqi muhitdan ximiyaviy moddalarni qabul qilinishi va o‘zlashtirilishi (assimilyatsiya), ularni parchalanib (dissimilyatsiya) oxirgi mahsulini hosil bo‘lishiga qadar tiriklikning asosiy mazmunining poydevori hisoblangan modda almashinuvi tashkil etadi.
Tabiatda mavjud tirik organizmda sidirg‘a ravishda sodir bo‘ladigan modda almashinuvni barcha detallarini o‘rganish biologik ximiya fanining asosiy vazifasi sifatida qabul qilingan. Bioximiyaviy ilmiy tadqiqot ishlari keng ko‘lamdagi masalalarini o‘zida mujassamlantiradi. Biologiyada biror-bir masala, hoh u nazariy bo‘lsin yoki amaliy bo‘lsin, bioximiya bilan bog‘liq ravishda ish ko‘rishi muqarrar.
Shuning uchun ham zamonaviy bioximiya o‘zaro yaqin fanlar biologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, doishunoslik fanlarini birlashtiradi va ular bilan birgalikda ish ko‘radi.
Mustaqil fan sifatida bioximiya XIX asrda shakllandi. XIX asrning birinchi yarmiga qadar organik moddalarning sanoqli turlari ma’lum edi. Nemis ximigi Gmelinning darsligida (1822y.) faqat 80 ga yaqin organik birikmalarning nomi keltiriladi. Organik ximiyaning maqsadi va vazifasi o‘sha davrga qadar hali to‘liq aniqlanmagan edi. Shved olimi Berselius organika fanini ikkita bir-biridan keskin ajraladigan ikki sinf o‘simlik va hayvonga bo‘ladi.
Tiriklik mazmuni organik elementlarga emas, balki qandaydir boshqa «hayot» deb ataladigan narsa bilan bog‘liq. Bersilius boshqa narsa deb ataydigan bu narsa noorganik ximiya doirasidan tashqarida yotadi. Bersilius inson kelgusida organik birikmalarni sun’iy ravishda yaratishi va uni sintez yo‘li bilan bunyodga keltirishiga ishonch hosil qilmaydi. Vitalistlar oqimi vakili hisoblanmish Bersiliusning fikri asossiz ekanligini uning shogirdi nemis ximigi F.Vyoler mochevinani sintez yo‘li bilan olishi natijasida isbotladi. Shundan so‘ng tez orada tabiatda mavjud qator biologik birikmalar sintez yo‘li bilan olina boshlandi va organik ximiya bilan biologik kimyo orasida mavjud devor quladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab organik ximiya tez sur’atlar bilan ravnaq topa boradi va sintez yo‘li bilan olingan organik birikmalar sanoat va qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi.
Biokimyoning shu tariqa tez taraqqiy topa borishi va xalq xo‘jaligining turli-tuman tarmoqlarida qo‘llanilishining asl sababi ximik, biolog va fiziologlarning o‘simliklar va hayvonot olamini o‘rganish borasida olib borgan hamkorlik ishlarining, hamda patologlar va vrachlarning o‘z ishlarida ximiyaviy uslublarni qo‘llashlari natijasi desa bo‘ladi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib qator fermentlar: so‘lak fermenti — amilaza, parchalanuvchi polisaxaridlar, oshqozon shirasi — pepsin, oshqozon osti bezi shirasi — tripsin, parchalanuvchi oqsillarning to‘liq tavsifi berildi. Bersillus ximiyaga katalizatorlar tushunchasaini kiritdi. Katalizatorlar tarkibiga o‘sha davrda mavjud bo‘lgan barcha fermentlar kiritiladi.
1935 yilda Fransiya ximigi M.SHevrel tomonidan muskul tarkibida kreatin, biroz keyinroq o‘z tarkibiga ko‘ra unga o‘xshash kreatininni aniqlanadi va tavsifi beriladi. Skelet muskullari, sut kislotasining tarkibi va skilet harakati jarayonida uni to‘planishini nemis ximigi Y.Libix aniqlaydi. 1839 yilda oziq-ovqat tarkibiga o‘simlik va hayvonlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan oqsil, yog‘ va uglevodlar kirishi aniqlanadi.
XIX asr o‘rtalarida yog‘ strukturasi aniqlanadi va fransuz ximigi Bertlo tomonidan uni sintez qilish amalga oshiriladi. Rus olimi A.M.Butlerov uglevodni sintez qiladi va organik birikmalar nazariyasini taklif etadi.
Shu vaqtning o‘zida turish hujayralarini Fransiyada K.Konyatur va Germaniyada (1836-1838yy.) o‘rganilish davrida shakarni bijg‘ish (achish)i va uzoq vaqtdan beri olimlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan spirt hosil bo‘lish jarayoni aktiv ravishda o‘rganila boshlandi. Bijg‘ish jarayonini o‘rgangan olimlar qatoriga fransiyalik Y.Libix va L.pasterni kiritish mumkin. L.Paster bijg‘ish biologik jarayon bo‘lib, unda tiroik bijg‘ituvchi hujayralar ishtiroki muqarrar degan xulosaga keladi.
Libix esa bu jarayonga murakkab ximiyaviy reaksiya sifatida qaraydi. Bu masalaga nemis olimi E.Blyuyer va rus ximigi M.M.Manasseina bijg‘ish jarayoni hujayrasiz bijg‘ituvchi hujayra shirasi ishtirokida alkogol bijg‘ishi sodir bo‘lishi tasdiqlanadi. Shunday qilib 1870 yilda Libixning tirik organizmlar hayot holatiga fermentlar ta’siri nazariyasi o‘z tasdig‘ini topdi va o‘z ahamiyatini hozirgi kunga qadar yo‘qotgani yo‘q.
Bioximiya XX asrga kelib o‘z rivojining yuksak darajasiga ko‘tarila boradi. Bu davrdan boshlab bioximiya o‘rganish obyektida mos ravishda ixtisoslashgan holatiga o‘ta boradi. O‘simliklar va unga vobasta ravishda mikroorganizmlar bioximiyasi barcha mamlakatlar universitetlari kafedralarida ilmiy tekshirish institutlarida o‘rganiladi. Oqsillar, karbon suvlar, lipidlar, vitaminlar o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning tarkibiy qismi hisoblanadi va bioximiyaning asosiy o‘rganish manbalaridan bo‘lganligi tufayli barcha bioximik olimlar o‘rganishga xuruj etganligi ma’lum