Научная статья : Проблемы развития речи учеников на узбекском языке
Научная статья : Проблемы развития речи учеников на узбекском языке
Актуальной темой в современной школе на сегодняшний день является развитие речи. Работа над правильностью речи является одним из основных направлений учебно-методической деятельности учителя по совершенствованию речевой культуры младших школьников
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья : Проблемы развития речи учеников на узбекском языке»
O’quvchlar nutqini o’stirish muammolari
Проблемы развития речи учеников
Саидова Камола Халимовна
Бухарский колледж легкой промышленности и педагогики, Узбекистан
Maktabda ona tili o’qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o’rni, bajaradigan vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o’rtasida aloqa-aralashuv vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og’zaki va yozma ravishda berishi, o’z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiy til kishilarning o’zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta o’rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini alohida ta’kidlab, bunday deb yozgan edi:
So’zdirki nishon berur o’likka jondin, So’dirki, berur xabar jonga jonondin. Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilki guhari sharifroq yo’q ondin.
Ona tili o’qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o’rtasida bajaradigan ana shu vazifasi – o’quvchilarni fikr bayon qilish faoliyatiga tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Chunki kishilar o’z faoliyatlarining barcha sohalarida bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Ular doimo o’zlarini o’rab olgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar va voqea-hodisalar to’g’risida fikr yuritadilar va o’z fikrlarini bir-birlariga ma’lum qiladilar.
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar orasida fikr almashish bo’lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to’xtaydi. Fikr esa faqat til yordamida ro’yobga chiqadi. Shuning uchun ham har bir kishi undan foqdalanishni ilishi va avvalo uning o’zini to’la-to’kis o’rganib olishga harakat qilishi zarur. Tilni o’rganish bu faqat uning grammatikm qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o’zlashtirib olish emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani bolaga tilni o’rgatish bilan birga, tilning serqirra imkoniyatlaridan nutqda foydalanish me’yorlarini ham o’rgatadi.
Modomiki, ona tili o’qitilishi bolalarda nutqiy me’yorlarni tarbiyalash va ro’yobga chqarish yo’llarini o’rgatish ekan, demak, “til”, “me’yor”, “nutq” tushunchalari ayni bir narsa emas.
Til fikrni shakllantirish va uni yuzaga, chiqarish, birovga yetkazish uchun imkoniyat sifatia o’quvchining ongida mavjud. U ma’lum bir so’zlar, qo’shimchalar, ulaning o’zaro birika olish imkoniyatlari va birikish natijalari haqidagi qonun-qoidalar majmuasidir. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari, qo’shimchalar, so’zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarinio’quvchi jamiyatdan tayyor holda qabul qiladi. Ularni o’rganish uchun maktabda o’qish zarur emas. Umrida maltab ko’rmagan odamlar ham tilni hayot, turmush, jamiyat talablari asosida o’zlashtiradilar. Lekin til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning bunday imkoniyatlari behad xilmaxildir. Me’yor mana shu imkoniyatlarni g’alvirdan o’tkazuvchi omildir.
Me’yor jamiyatda ma’lum bir maqsadni ko’zlagan holda til omkoniyatlaridan foqdalanish uchun ko’rsatkichlar majmuasidir. Me’yorning oily ko’rinishi milliy-adabiy til uslublari, mezonlarida o’z aksini topadi. Milliy adabiy til esa faqat ma’lum bir uslubiy ko’rinishdagina yuzaga chiqadi.
Nutq til imkoniyatlarining me’yor g’alviridan o’tkazilgan holda yuzaga chiqishi, voqe bo’lishidir.
Nutq – tafakkur mahsuli. Shuning uchun ona tili ta’limi oldiga qo’yilgan yana bir muhim talab o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishdir. Fikrni bayon qilish tafakkur va til orqali amalgam oshadi. Ularning o’zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Tafakkur tashqi olamning kishi miyasida aks etishining oily shakli bo’lsa, til tafakkurni ma’lum saklga solib, so’zlar, so’z birikmalari va gaplar bilan ifodalash vositasidir. Tafakkur qancha rivojlantirilsa, o’quvchining fikr bayon qilish mahorati ham shuncha yuqori bo’ladi.
Ona tili mashg’ulotlari faqat nutqni egallash yo’llarini emas, balki undan foydalanish madaniyatini ham tarbiyalaydi. Nutq madaniyati juda katta va keng soha bo’lib, u bolaning kundalik oddiy salom-aligidan tortib, kimga, nimani, qachon, qaerda va qanday so’zlashgacha bo’lgan barcha nutqiy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bu madaniyat sirlari ham avvalo ona tili mashg’ulotlarida – til hodisalarini o’rgatish arayonida singdiriladi.
Xullas, ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, til sezgirligini tarbiyalashga xizmat qilmog’I lozim. Bu ona tili o’qitishning asosiy maqsadidir.
Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda ona tili fani – o’zbek tilining fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi bo’yicha bu tildan yozma va og’zaki shakllarda keng va to’g’ri foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlarni;
- o’zbek tili imlosi, talaffuzi, yozma nutqida tinish belgilarini ishlatishning asosiy qoidalarini; — ona tilining xazinasi bo’lmish turli xildagi lug’atlardan keng foydalana olishi; — o’z fikrini nutq sharoitiga mos ravishda turli sharoitlarda bayon eta olish vositalarini; — bir ma’noni (maqsadni, xabarni) turli shakllarda bera olish yo’llarini; — ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ish qog’ozlarini yuritish ko’nikmalarini; — yosh va taraqqiyot darajasiga mos bo’lgan badiiy, ilmiy, ijtimoiy asarlarni o’rganib, ular haqidagi fikr – mulohazalarni, shaxsiy munosabatni og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri bayon eta olish madaniyatini; — maktabda o’qitiladigan fanlar, moddiy borliqdagi narsa-buyum, voqea, hodisalar orasidagi bog’lanishlarni his eta olish va ularni ifodalay olishni; — moddiy borliqni o’rganish va uni tafakkur birliklarida ifodalashda, jamiyat a’zolari o’rtasida muloqot-robita o’rnatishda ona tili va boshqa tillarning beqiyos ahamiyatini singdirish uchun zarur bo’lgan nazariy ma’lumot va amaliy ishlarni o’z ichiga qamrab olishi kerak.
Bular ona tili ta’limi oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
- o’zbek tilining fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasidan fikrni og’zaki va yozma shakllarda ayon qilish uchun zarur bo’lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish; - bolalarda ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash uchun zarur bo’lgan ilmiy-amaliy ma’lumotlar berish; - o’zbek tilining imlosi, talaffuzi, yozma nutqda tinish belgilarining ishlatilishi uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni singdirish; - O’quvchilarni tahlil, sintez, kuzatish, taqqoslash, guruhlarga ajratish, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyat usullariga o’rgatish; ularning mantiqiy tafakkurini o’stirishga yordam berish; - Maktabda o’qitiladigan barcha fanlarni puxta o’rganishga ko’maklashish; ona tili orqali boshqa xalqlarning tillariga muhabbat uyg’otish; - Ifodali o’qish va chiroyli yozish malakalarini shakllantirish.
Maktabda ona tili o’qitish uchun berilgan vaqtning ko’p qismi bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga ajratilmog’i lozim