Takomillashgan quyosh quritgichi qurilmasini yaratish va ishlash rejimini tadqiq qilish
Takomillashgan quyosh quritgichi qurilmasini yaratish va ishlash rejimini tadqiq qilish
uqorida keltirilgan usullar asosida Meva sabzavotlarni quritish va minerallashgan suvni tuzlardan tozalash uchun, ya’ni ikki maqsad uchun mo‘ljallangan kombinatsion quyosh qurilmasi yaratildi. Qurilma mevalar etishtirilgandan keyin ularni quritish davri yoz faslidan boshlab kuzning o‘rtalarigacha davom etadi, shu davrda taklif etilayotgan qurilmamiz ishlatiladi. Yilning qolgan kunlarida esa ushbu qurilmani minerallashgan suvni tuzlardan tozalash, ya’ni chuchitish (dissillash) uchun qo‘llash maqsad qilib olingan.1-chizma. Meva sabzavotlarni quritish va minerallashgan suvnituzlardan tozalash qurilmasining sxematik ko‘rinishi.Qurilmaning sxematik ko‘rinishi, o‘lchamlari bilan 1-chizmada tasvirlangan. Qurilmaning yoqlari gorizontga nisbatan 50 va 40 gradusda154
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Takomillashgan quyosh quritgichi qurilmasini yaratish va ishlash rejimini tadqiq qilish»
TAKOMILLASHGAN QUYOSH QURITGICHI QURILMASINI
YARATISH VA ISHLASH REJIMINI TADQIQ QILISH.
Annotatsiya: Quyosh qurilmalarini yil davomida ko‘zlangan maqsadlar uchun, masalan, meva-sabzavotlami quritish va shu bilan birga minerallashgan suvlami tuzlardan ajratish, ya’ni ichimlik suviga qaytarishga samarali ishlatish uchun quyosh kombinatsion qurilmasining konstruksion modelini yaratish va uni ishlash rejimi amalda tadqiq qilish.
Kalit so’zlar: Quyosh energiyasi, meva sabzavot-chuchitgich, quritgich temperaturasi, kamerali gelioquritgich.
Hozirgi vaqtdagi asosiy energiya ko‘rinishlari-yonadigan qazilmalar energiyasi va suvning mexanikaviy energiyasi bo‘lib hisoblanadi. Qayta ishlanadigan energiya manbalari-quyosh nurining energiyasi, shamol energiyasi, yer qobig‘idagi suvlarning ko‘tarilishi va tushishi, geotermal suvlar energiyasi katta masshtabda ishlab chiqarishda qarib ishlatilmayapti.
Quyosh radiatsiyasi serob bo‘lgan markaziy Osiyo sharoitida quyosh radiatsiyasini meva- sabzavotlarni quritish va minerallashgan suvlardan chuchuk yoki ichimlik suvi olishda samarali qo‘llash yo‘nalishi xalq xo‘jaligimizda katta ahamiyatiga ega bo‘lmoqda.Quyosh radiatsiyasini xalq xo‘jaligida, jumladan qishloq xo‘jaligida samarali qo‘llash sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdakim, energetik samarali va takomillashgan past haroratli quyosh qurilmalarni yaratish masalasi kompleksli muammolar yechimi bilan chambarchas bog‘liq ekan. Bunday muammolar yechimi quyidagilar:
• samarali energiya manbalari mavjud bo‘lishi zarur
• quyosh qurilmasi konstruksiyasi elementlarining shaklini to‘g‘ri tanlab olish, ularning optimal (ratsional) geometrik o‘lchamlarini aniqlab olish, egilgan sirtlarining gorizontga nisbatan buchaklarini aniqlab olish;
• qurilma elementlarining chegarasida optimal issiqlik almashinish sharoitini yaratish, qurilmani ishlatishda normal sharoit yaratish va h.z.
Quyosh meva quritgichi-chuchitgichi qurilmasining
eksperimet natijalari.
Yuqorida keltirilgan usullar asosida Meva sabzavotlarni quritish va minerallashgan suvni tuzlardan tozalash uchun, ya’ni ikki maqsad uchun mo‘ljallangan kombinatsion quyosh qurilmasi yaratildi. Qurilma mevalar etishtirilgandan keyin ularni quritish davri yoz faslidan boshlab kuzning o‘rtalarigacha davom etadi, shu davrda taklif etilayotgan qurilmamiz ishlatiladi. Yilning qolgan kunlarida esa ushbu qurilmani minerallashgan suvni tuzlardan tozalash, ya’ni chuchitish (dissillash) uchun qo‘llash maqsad qilib olingan.1-chizma. Meva sabzavotlarni quritish va minerallashgan suvnituzlardan tozalash qurilmasining sxematik ko‘rinishi.Qurilmaning sxematik ko‘rinishi, o‘lchamlari bilan 1-chizmada tasvirlangan. Qurilmaning yoqlari gorizontga nisbatan 50 va 40 gradusda.