В данной статье рассматривается роль биофизики в медицинском образовании, цели и задачи биофизики, истории возникновения науки, значении преподавания этой науки в высших учебных заведениях, роли знаний биофизики в функциональной диагностике.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Просмотр содержимого документа
«Научная статья: РОЛЬ БИОФИЗИКИ В МЕДИЦИНЕ»
BIOFIZIKA FANINING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Хамидов Наим Хабибович
Тиббий биофизика фани ўқитувчиси
РОЛЬ БИОФИЗИКИ В МЕДИЦИНЕ
В данной статье рассматривается роль биофизики в медицинском образовании, цели и задачи биофизики, истории возникновения науки, значении преподавания этой науки в высших учебных заведениях, роли знаний биофизики в функциональной диагностике.
БУХАРСКИЙ ТЕХНИКУМ ОБЩЕСТВЕННОГО ЗДОРОВЬЯ ИМЕНИ АБУ АЛИ ИБН СИНО, УЗБЕКИСТАН
Materiya harakatining turli shakllari bir- biri bilan aloqadorlikda va bir biriga
bogʻliq boʻladi, bu esa avvalgi fanlar qoʻshilishidan yangi fanlarning – biofizika, astrofizika, kimyoviy fizika va boshqalarning kelib chiqishiga, shuningdek, bir fan yutugʻidan boshqa fanning rivoji uchun foydalanishga sabab boʻladi.
Inson organizmida sodir boʻladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va oʻzaro bogʻliqlikda boʻlishiga qaramay, ular orasidan koʻpincha fizik jarayonga yaqin boʻlganlarini ajratib koʻrsatish mumkin boʻladi. Masalan, qon aylanish kabi murakkab fiziologik jarayonlar aslida fizik jarayondir, chunki bu jarayon suyuqlikni oqishi – gidrodinamika, tomir bo’ylab elastik tebranishlarning tarqalishi – tebranishlar va toʻlqinlar, yurakning mexanik ishi – mexanika, biopotensiallarning generatsiyasi – elektr va hokazolar bilan bogʻliq. Nafas olish gaz harakati – aerodinamika, issiqlik oʻtkazish – termodinamika, bugʻlanish (fazoviy oʻtishlar) va hokazolar bilan bogʻliq.
Organizmda fizik makrojarayonlardan tashqari, huddi jonsiz tabiatdagi kabi molekulyar jarayonlar ham sodir boʻladi va ular biologik sistemalarning holatini belgilaydi. Bunday mikrojarayonlarning fizikasini tushunish otganizm holatini, ba’ zi bir kasalliklarning tabiatini tushunish, dorilarni taʼsirini va shu kabilarni Tripoli baholash uchun ham zarurdir.
Bu masalalarning hammasida fizika biologiya bilan shu darajada bogʻlanganki
, u mustaqil fan – biofizikani vujudga keltirdi. Bu fan tirik organizmdagi fizik va fizikaviy – kimyoviy jarayonlarni, shuningdek, biologik sistemalarni ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma jabhalarida – submolekulyar va molekulalardan to toʻqima va toʻliq orhanizmgacha oʻrganadi.
Diagnostika va tadqiqotlarning koʻpgina prinsiplari va gʻoyalardan foydalanishga asoslangan. Koʻpgina zamonaviy tibbiy asbob - uskunalar tuzilishiga koʻra fizik asboblardir. Mexanik kattalik – qon bosimi bir qator kasalliklarni baholash uchun foydalaniladigan koʻrsatkichdir. Manbai orhanizmning ichkarisida boʻlgan tovushlarni eshitish azolarning kasalligi yoki sogʻligi haqida axborot olishga imkon beradi. Ishlashi simobning issiqlikdan kengayishiga asoslangan meditsina termometri – keng tarqalgan meditsina diagnostik asbobdir. Keyingi yillarda elektron qurilmalarning rivojlanishi natijasida tirik organizmda sodir boʻladigan biopotensiallarning yozib olishga asoslangan diagnostik usullar keng tarqalmoqda. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan usul – elektrokardiografiya – yurak faoliyatini aks ettiruvchi biopotensiallarni yozishdir. Mikroskopning tibbiy va biologik tadqiqotlardagi ahamiyati barchamizga maʼlum. Tolali optikaga asoslangan zamonaviy tibbiy asboblar organizmning ichki boʻshliqlarini koʻrishga imkon bermoqda. Spektral analiz usulidan adliyaviy tibbiyotda, gigiyenada, farmokologiyada va biologiyada foydalaniladi. Atom va yadro fizikasining yutuqlari diagnostikadagi ancha mashhur metodlar: rentgenologik diagnostika va nishonlangan atomlar usullari ham barchamizga maʼlum.
Tibbiyotda qoʻllaniladigan turli davolash usullari ichida davolashning fizik omi
llari ham oʻrin topmoqda. Ularning ba’ zilari haqida qisqacha tanishib chiqamiz. Suyak singanida foydalaniladigan gipsli bogʻlanishlar yordamida shikastlangan organni harakatsiz, qoʻzgʻalmas holatga keltiriladi. Davolash maqsadida sovutish va isitish issiqlik taʼsiriga asoslangandir. Elektr va elektromagnit ta’ sirlar fizioterapiyada keng qoʻllaniladi. Davolash maqsadida koʻrinadigan va koʻrinmaydigan, rentgen va gamma nurlanishlaridan keng foydalanilmoqda.
Tibbiyotda ishlatilayotgan bogʻlamchalar, asboblar, elektrodlar, protezlar va hokazolar tashqi muhit tasirida va shu jumladan biologik muhit tasirida ishlaydi. Bunday asboblarni real sharoitda ishlatish mumkinligini baholash uchun ular tayyorlangan materiallarning fizik xossalari haqidagi malumottlarni, masalan, protezlar tayyorlash uchun mexanik mustahkamlikni, koʻp karrali yuklanishlarga chidamlilikni, elastiklikni, issiqlik oʻtkazish qobiliyatini, elektr oʻtkazuvchanlik kabi hossalarni bilish muhimdir.
Qator hollarda biologik sistemalarning yashovchanlik hususiyatlarini yoki maʼlum tashqi muhit tasirlariga chidamliligini baholash uchun ularning fizik xossalari oʻzgarishiga qarab kasalliklarni aniqlash mumkin.
Tirik organizm atrof muhit bilan oʻzaro tasirlashgan holdagina yashashi mumkin. U muhitning harorat, namlik, havo bosimi va shu kabi fizik harakteristikalarining oʻzgarishlaridan keskin tasirlanadi. Tashqi muhitning organizmga taʼsiri faqatgina tashqi faktor sifatida hisobga olinmasdan, undan davolash usuli sifatida ham foydalanish mumkin. Bu misollar shifokor atrof muhitning fizik xossalarini va harakteristikalarini baholay bilishi kerakligi haqida dalolat beradi.
Yuqorida aytib oʻtilgan fizikaning tibbiyotda qoʻllanish usullari tibbiyot fizikasining asosini – amaliy fizika va biofizikaning kompleks boʻlimlarini tashkil qiladi. Ularda fizik hodisalar, jarayonlar va xarakteristikalari tibbiyot masalalarini hal qilishda qoʻllanilgan holda qarab chiqiladi.
Zamonaviy tibbiyot turli tuman asboblarni keng qoʻllashga asoslanadiki, bu asboblarning koʻpchiligi fizik asboblardir. Shuning uchun ham tibbiyot va biologik fizika kursida asosiy tibbiyot asboblarining tuzilishi va ishlash prinsiplari koʻrib chiqiladi.
Hisoblash mashinalari kun sayin tibbiyotdagi tadqiqot natijalariga ishlov berishda, kasalliklarga diagnoz qoʻyishda keng qoʻllanilmoqda. Bundan tashqari matematikadan tirik sistemalarda sodir boʻlayotgan jarayonlarni tavsiflashda, shuningdek, tegishli modellarni yaratish va tahlil qilishda keng koʻlamda foydalanilmoqda. Kasalliklarni turini hisobga olishda, epidemiyalarning qanchalik tarqalganligini aniqlashda va boshqa maqsadlarda matematik statistikada foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganda, tibbiyot bu - barcha fanlarning uygʻunligida mavjud boʻlgan sohadir. Har bir tibbiyot hodimi faoliyati davomida foydalanayotgan mahsulotlar haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlgan holda ish yuritsa albatta maqsadga muvofiqdir. Bemorda davolash profilaktikasi oʻtkazish davomida unga fizik, biologik hamda kimyoviy omillar bilan yetarlicha malakaga ega boʻlgan holda yondashsa samarali natijaga erishish nisbatan osonroq hamda yengilroq kechishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika. Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari
uchun darslik. T- 2005. 6-b
2. Qodirov A. Normal fiziologiya. Tibbiyot instituti talabalari uchun oʻquv qoʻllanma. 2007. 10-b
3. Rahimov V., Gʻulomov T. Odam fiziologiyasi.Oʻzbekiston “Медицина” nashriyoti. T- 1972. 26- b