Просмотр содержимого документа
«Tog’ay murodning “oydinda yurgan odamlar” qissasida qo’llanilgan baho xarakteristikasiga ega undalmalar mavzusidagi ilmiy maqolasi uchun»
TOG’AY MURODNING “OYDINDA YURGAN ODAMLAR” QISSASIDA QO’LLANILGAN BAHO XARAKTERISTIKASIGA EGA UNDALMALAR Sharipova Umida .Kattaqo’rg’on shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori
Iste`dodli yozuvchimiz Tog’ay Murodning xalqona asarlarida turli badiiy tasvir vositalarining mahorat bilan qo`llanganligi adib ijodini yana bir pog`ona yuksaklikka olib chiqadi. Uning g`oyaviy yetuk badiiy barkamol “Oydinda yurgan odamlar” asarini badiiyligini ta`minlovchi vositalardan biri undalmalar tadqiqotimizning asosiy obyekti hisoblanadi.
“Undalma, so’zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko’ra, kuchli stilistik vosita hisoblanadi. Undalmalar so’zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho xarakteristikasi ottenkasi(ijobiy, salbiy, neytral, ko’tarinki-tantana kabilar)ga ega bo’ladi.”1
Odatda, undalmalarda konnotatsiyaning ifodalanishi so’zlovchining psixologik holatiga, nutq jarayonining vaziyat tomoniga, o’zaro muloqotning rasmiy yoki norasmiyligi kabi omillarga bog’liq bo’lib, ular, o’z navbatida, baholash-xarakterlash, hissiy-xarakterlash kabi turlarga bo’linadi. Qissada qo’llanilgan undalmalarda oddiy qishloq vakillarining muloqoti asosiy o’rinni egallaydi:
Ma’lumki, o’zbek xalqida xotinning erga murojaatini ifodalash uchun odatda, otasi, bobosi erning xotiniga murojaatini ifodalash uchun oyisi(onasi), momosi (buvisi) so’zlari qo’llanadi. Ularga nisbatan evfemizm, deb qaralib, odatda, egalik affiksi saqlanadi. So’zlovchi egalik affiksini bunday qo’llashda shu affiksni olgan so’z orqali ifodalangan predmetga yoki voqea-hodisaga befarq qaramaydi, unga o’z munosabatini bildiradi. Asardan keltirilgan yuqoridagi parchada xuddi shu holatni ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari mazkur undalmalarda o’zaro hurmat, o’zbekona oilaviy munosabat ma’nolari ham o’z ifodasini topgan.
Undalmaning intonatsiyasiga, albatta, uning o’rinlashishi ta’sir etadi. Gap orasida, oxirida kelgan undalma gap bo’laklari intonastiyasidan kam farqlanuvchi intonastiya bilan aytiladi: — Ko’zlaringni yashirma, Oymomo, — dedi otliq. Bunday undalmalar o`z semantik funksiyasidan tashqari, qo`shimcha emotsional, modal munosabatni ifodalaydi. Gap boshida kelgan undalmalar baland ton bilan, cho’zibroq, talaffuz etiladi. Odatda, tinglovchining diqqatini jalb etish, undash uchun xizmat qilgan undalmalar gapning boshida keladi, shuning uchun bunday undalmalar ko`pincha atoqli ot bilan ifodalanadi:
— Oymomo, dugonalaringning gapiga kirma, ular senga g’ayirlik qilayapti!
Ayniqsa, tarkibi yoyiq yoki undov so’z bilan kelgan undalma intonastiya jihatdan ancha ajralib turadi. Shu bilan birga emostional ma’nosi kuchli bo’lgan, logik urg’u olgan undalma, gapning qay o’rnida kelishidan qat’i nazar, gap bo’laklaridan ajralib turgan alohida intonastiya bilan aytiladi.
Domla kelin akasidan vakil so’radi: — Sizkim, Esonboy Abdiboy o’g’li, singlingiz Oymomo Abdiboy qizini Qoplonboy Qurbonboy o’g’liga shar’iy xotinlikka berdingizmi? — Ha, berdim, — dedi aka. Domla, endi kuyovdan so’radi: — Sizkim, Qoplanboy Qurbonboy o’g’li, Oymomo Abdiboy qizini o’zingizga shar’iy xotinlikka qabul qildingizmi? Misollardagi Oymomo Abdiboy qizi, Esonboy Abdiboy o’g’li, Qoplanboy Qurbonboy o’g’li undalmalari undalmasining ma’nosini izohlagan, aniqlashtirgan. Shu bilan birga xalqimizning o’ziga xos urf-odatlarini (nikoh o’qish marosimi) namoyon qilishga xizmat qilishga bo’sundirilgan. Bu xil sintaktik kategoriyaning asosiy vazifasi undalma bo’lsa ham, unda izohlash xususiyati ham bor.
Undalmaning turli ohang bilan aytilishiuning turli ma’no semalari ifoda qilishini ta’minlaydi. Bu, asosan, undalma undov so’z bilan kelganda yaqqol seziladi. Undov so`zli undalmalar ko`pincha gap boshida keladi:
— Ay, Xolbuvi, sen hadeb shivirlay berma!..
… — Ay, Norgul, shu buzmakorliging bo’lsa senga birov ham qaramaydi!
— Ay, momo, kelin nimaga menga salom ber¬maydi? — dedi…
… — Hay ukkag’arning momosi-yo, bekor o’pkalabman-a!
Baholash faqat nutqiy muhit bilan yoki baholovchi shaxs bilan chegaralanib qolmaydi. Ularda ijtimoiy muhit, jarayon, ijtimoiy munosabat, tarixiy davr, tabiiy sharoit, diniy qarash-e’tiqodlar, urf-odatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, so’zlovchi tinglovchiga undalma orqali murojaat etganda, o’zi uchun emas, balki tinglovchi uchun nomlaydi. O’zida xushmuomalalik, muloyimlikni aks ettiruvchi undalmalar so’zlovchilar orasidagi hurmat-e’tiborni, ijtimoiy munosabatni mustahkamlaydi. Undalmalar til egalarining dunyoqarashi, ma’naviyat darajasi, axloq-odobi, zakovati, xususan, voqelikka munosabati, nutqiy madaniyatiga bevosita bog’liq"2.
Undalma so’zlovchining emotsiyasini ifodalar ekan, u emotsiya orqali g’azab, nafrat, mazax, kesatish, iltimos, achinish, erkalash, hurmat, shodlik, tabrik, chaqirish, mamnunlik kabi hislar anglashiladi:
Oymomo ana shunda nima gapligini tushundi. Joyidan sapchib turdi. Qo’l siltab zug’um qildi: — Kish deyman-a, kish, qiyomat qotgur! — dedi. Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida aytish mumkinki, Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasida qo’llanilgan baho xarakteristikasiga ega undalmalar poetik fikrning bo’rtib turishiga xizmat qilishi misollar asosida ko’rsatildi.
1Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo’ng’urov R., Rustamov H. O’zbek tili stilistikasi. -T.: O’qituvchi, 1983. 188-b.
2 Omonturdiyev A. Tilda murojaat vositalari // Muloqot. – T., 2003. -№1. 33-b.