O’zbek xalq ertaklari, afsona va asotirlari. –T.; 1991.
O’zbek xalq maqol va matallari. –T.; 1994.
Xalqimiz o’z tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og`zaki ijodiy meros yaratgan. O’zbek folklorining barcha janrlari ya`ni miflar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, tarixiy qo’shiqlar, termalar, dostonlar, maqollar, topishmoqlar, marosim folklori va bolalar folklorining barcha janrlari, xilma-xil qo’shiqlar, og`zaki drama, askiya va boshqalar katta tarbiyaviy imkoniyatlarga egadirlar.
Xalq folklorida ta`lim va tarbiyaga oid ilg`or pedagogik fikrlar ilgari surilgan.
Har tomonlama y etuk, yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya`ni aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasi ga xos bo’lgan va tarbiya ishida qo’llash mumkin bo’lgan ped a gogik ma`lumotlar o’zbek folklorining sanab o’tilgan barcha janrlarida o’z ifodasini topgan. Masalan, xalq og`zaki ijodining boshqa namunalaridagi singari, xalq maqollarti va ertaklarida halollik, to’g`rilik, yaxshilik, botirlik, sahiylik, go’zallik, kamtarlik kabi axloqiy sifatlar yuksak baholanadi. Va aksincha, tekinxo’rlik, egrilik, yomonlik, qo’rqoqlik, baxillik, xunuklik, manmanlik singari salbiy xususiyatlar qoralanadi.
Misol tariqasida bilimdonlik va ilmsizlikka oid ushbu maqollarni keltiramiz:
«Bilgan o’qir, bilmagan to’qir»,
«Bildirish uchun bilish kerak»,
«Bilimsiz kishiga ish yo’q, ilmsiz kishiga osh yo’q.
Davom Ettiring :
A x loqiy tarbiya masalalariga xalq pedagogikasida keng o’rin berilganligi tufayli, xalq og`zaki ijodi janrlarida a x loq-odob haqida qimmatli g`oyalar ilgari surilgan.
Misol uchun, «Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin» maqolini olaylik. Unda insonga bo’lgan munosabat yorqin ifodalanadi. Xalq tasavvurida olim bo’lishga nisbatan odam bo’lish mushkuldir. SHu sababli ham qadimdan insoniylik yosh avlodni go’zal ahloqli qilib tarbiyalashda asosiy mezon hisoblangan va u tarbiyaning asosi sifatida hozir ham davom ettipilmoqda.
Xalq pedagogikasida bolaning MEHNAT TARBIYASI ga, uni kasb-hunar egasi bo’lib etishishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Xalq og`zaki janrlarida mehnatning tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligi qayd etiladi. Mehnat bola tarbiyasida asosiy vosita d e b qaraladi. Masalan, xalq qo’shiqlarida mehnatsevarlik ulug`lanadi, sifatli, ijodiy, ixlos bilan va samarali qilingan mehnatga yuksak baho beriladi. Misol tariqasida o’zbek qizzlarining mehnat tarbiyasida keng foydalanilgan kashta qo’shiqlarini keltirish mumkin:
Bosma tikar botirib,
Issiq suvga qotirib,
SHuning uchun botir qiz,
El ko’rganda shoshirib,
J a mala k ni tepib tikar,
Ko’z nurin i selday to’kar.
Guli tekis bo’lib chiqmasa,
Ko’rgan kishi ni boplab so’kar
O’tmishda o’zbek xalqi hayot tarzining ifodasi sifatida tematik jihatdan g`oyat boy va rang-barang bo’lgan topishmoqlar yaratilgan bo’lib, xalq og`zaki ijodining bu namunasi bolaning AQLIY TARBIYASI da keng qo’llanilgan. Topishmoqlar xalqimiz ijtimoiy-maishiy turmushining, yashaab turgan hudud tabiatining, jo’g`rofiyasiniig va umuman bizni o’rab turgan olamning barcha sohalarini qampab olgan.
Demak, topishmoqlarning nafaqat tarbiyaviy, balki didaktik imkoniyatlari ham katta. Ulardan milliy maktabda ta`lim mazmunini milliylashrishda foydalanish mumkin.
Masalan, sanoq sonlar i shtirok etadigan o’zbek topishmoqlari matematik ta ` limni milliylashtirishda juda qo’l keladi. Bunday topishmoqlarda narsa yoki hodisalar sanoq sonlar yordamida jumboqlanadilar.
YA`ni ular orasidagi o’xshaishlik hisobga olinadi. SHunday ekan, jumboqni y echishda o’quvchilar tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, narsa va hodisalarni o’zaro bog`lagan holda tekshirib, so’ngra xulosa chiqarish (sintez qilish) kabi mantiqiy operatsiyalarni bajaradilar. Topishmoqlar vositasida beriladigan matematik bilimlar hayot bilan bog`liq, amaliy yo’naltirilgan bo’ladi.
Misol uchun ushbu topishmoqni keltiramiz:
Bir daraxtda o’n ikki shoxa,
Hap shoxada o’ttiz yaproq.
YAproqning bir yoni qora, bir yoni oq.
Javobi: bir yil, o’n ikki oy va o’ttiz kecha kunduz.
Xalq og`zaki ijodida JISMONIY TARBIYA g`oyalari ham keng o’rin olgan. Xalq azaldan yoshlarning sog`lom, epchil va baquvvat bo’lib o’sishiga doimo e`tibor berib kelgan. Xalqda jismoniy barkamollik, vatan himoyasi va mardlik tushunchalari bilan chambarchas bog`lanib kelgan. Navoiyning «Farhod va SHirin» dostonidagi Farhod obrazi so’zimizga dalil bo’la oladi. Ushbu obraz orqali jismonan kamolotga erishgan, mard va pahlavon inson shunday tasvirlanadli:
Ajabdur uch yoshida ko’zga atfol,
Nechukkim o’n yoshida o’zga atfol,
Qolib bu ishda el hayroni oning,
Spe h ru me h r sargardon i on i ng.
YA`ni, Farhod juda aqlli, zehnli bola bo’lib o’sadi, zo’r havas bilan ilm egallaydi, ammo o’qib ilm olish bilangina cheklanib qolmaydi. U jismoniy va harbiy mashg`ulotlar bilan ham shug`ullanib, chiniqa boshlaydi. 10 yoshida unda 20 yashar yigitning kuch-quvvati bo’ladi. U o’zining aqli va jismoniy mahorati bilan kishilarni hayratda qoldiradi. Farhod o’z ilmi, kuch-quvvati va hunarini ommaning manfaati uchun sarflaydi.
Jismoniy tarbiya g`oyalari xalq og`zaki ijodining yana qaysi janrlarida o`z aksini topgan:
Misol keltiring :
Bolalarning NAFOSAT TARBIYASI xalq nazaridan chetda qolmagan. O’zbek xalqi boshka xalqlar qatori yoshlarni san`atning turli xillariga o’rgatib kelgan, ularni san`at orqali tarbiyalagan. Xalq og`zaki ijodining namunalari bo’lgan va xalq yig`inlarida aytilib kelingan qo’shiqlar, dostonlar, askiyalar yoshlarda san`at sohasidagi nafosat ehtiyojlarini shakllantirishga, ularda xalq badiiy qadriyatlarini o’rganishga intilishni tarbiyalashda ulkan hicca qo’shganlar. Masalan, o’zlarining badiiy jihatlari bilan diqqatga sazovor bo’lgan o’zbek xalq lirik qo’shiklari yoshlarning nafosat tapbiyasida muhiyam rol o’ynaydilar. Hayotda go’zallikni his qilish g`oyasi bilan sug`orilgan quyidagi lirik qo’shiq misolida fikrimizni dalillashimiz mumkin:
YOrim keladi yashnab,
Zar kokilini tashlab.
Xipcha belini ushlab,
SHakar labini tishlab.
Xalq og`zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning paydo bo’lishiga zamin hozirlagan. Xalq og`zaki ijodi xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, adolat, xaqiqat, tinchlik va baxt haqidagi tasavvurni aks ettiradi.
Xalq shoiri yoki jamoa tamonidan yaritilib, og`izdan-og`izga, avloddan-avlodga, o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og`zaki ijodi deyiladi, yoki fol`klor deb ham yuritiladi. Xalq og`zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiq, maqol, matal, topishmoq, afsona, rivoyat, doston, askiya, tez aytish, masal, alla, yor-yorlar, kelin salom lar va boshqalar.
Lapar, lof, askiya kabi janrlar tortishuv, baxslashuv, aytishuv, xazil mutoyiba, mubolag`a asosida ijro etiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq og`zaki ijodining bapcha janrlarida xalqning tarbiyaga bo’lgan qarashlari ifodalangan. Ulardagi tarbiyaviy g`oyalar, pedagogik ma`lumotlar va o’z ifodasini topgan xalq tarbiya tajribasi xalq pedagogikasining tarkibiy qismlaridir .